Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Har kuning bo‘lsin, Navro‘z!


Asrlar davomida el-yurtimizning olijanob orzu-intilishlarini ifoda etib kelayotgan, xalqimizning bir necha asrlik tarixiga ega boʻlgan Navroʻz umumxalq bayramiga aylandi.
Bugungi kunda respublikamizning barcha jabhalarida Navro‘z bayramiga bag‘ishlab, milliy urf-odatlarimiz va anʼanalarimizni ifodalovchi marosimlarga boy boʻlgan sayllar oʻtkazilmoqda. 

Xususan, bugun Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetida ham Navroʻz sayli o‘tkazildi. Saylda universitet rektori B.Abdullayev, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor S.Davletov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori  Z.Ibragimov,  fakultet dekanlari va boshqa rahbar xodimlar, fakultet professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari qatnashdi. 

Sayl doirasida bahoriy va milliy taomlar koʻrgazmasi, sportning Milliy kurash, Armrestling, Tosh koʻtarish va Arkon tortish turlaridan musobaqalar oʻtkazildi. 

Ayni daqiqalarda, Navroʻz ayyomining milliy taomi  boʻlgan sumalak doshqozoni barcha talabalarni oʻz atrofiga jamlagan.

urdu.uz; Har kuni Navroz bo'lsin

urdu.uz;Har kuni Navroz bo'lsin

urdu.uz; Har kuni Navroz bo'lsin

Ulashish