Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Assalom, Navro‘z - yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!


Navro'z xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlarini, go‘zal qadriyatlarini oʻzida mujassam etgan qadimiy bayramlaridan biri hisoblanadi. Chin maʼnoda bahor bayrami. Bunda dasturxonlar noz-neʼmatlarga to'lib, deyarli har bir o'zbek xonadonida doshqozonlarda sumalaklar qaynaydi.

Ana shu ulugʻ ayyom munosabati bilan bugun bayram shodiyonalari shahrimizning "Avesto" bog‘ majmuasida bayram tantanalarini tomosha qilish uchun kelgan tomoshabinlar uchun ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Mazkur Navroʻz saylida  Urganch davlat universiteti jamoasi ham yakdillikda faol ishtirok etdi. Ayniqsa, milliy taomlar, qoʻl ishlanmalari hamda ilmiy-innovatsion loyihalar koʻrgazmalari, iqtidorli talaba-yoshlarimizning kuy-qoʻshiqlari, raqslari  shahrimiz aholisining diqqat-eʼtiborini tortdi.

Ushbu bayram tantanalari barchani  dillariga xushnudlik, yuzlariga tabassum,  qalblariga quvonch ulasha oldi desak, yanglishmaymiz!

 

Ulashish