Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Vatan kelajagi uchun barchamiz birdek daxldormiz” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi


Bugun Fizika-matematika fakultetida “Vatan kelajagi uchun barchamiz birdek daxldormiz” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Fakultet professor-oʻqituvchilari, tyutorlari,  194-Matematika,  203-Amaliy matematika,  204-Matematika (rus) guruhi talabalari hamda  "Marketing va talabalar amaliyoti" bolimi boshligi Q.Yoldoshev, 5-son TTJ mudiri Q.Roʻzmetovlar ishtirokidagi ushbu uchrashuvda  Shovot tumanidagi “Usta Matsafo” fermer xoʻjaligi rahbari, xalq taʼlimi faoli, Shuhrat medali sohibi Sh.M.Oʻdaboyev  hamda  Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining zaxiradagi podpolkovnigi I.Oʻ.Rahimovlar mehmon boʻlishdi.

Tadbir mehmonlari soʻzi avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Yangi Oʻzbekiston strategiyasi  kitobining mazmun-mohiyati va undagi dolzarb  masalalarga toʻxtaldilar.

Shuningdek, bugungi kundagi oʻz faoliyatlari, erishgan yutuqlari haqida gapirar ekanlar, albatta bular davlatimiz rahbari tomonidan munosib eʼtirof etilganligini gʻurur bilan tilga olishdi.

“Yurtimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimiz osoyishtaligini asrab-avlaylash har birimizning vatan oldidagi muqaddas burchimiz” - deya alohida taʼkidladilar.

Barcha sohalarda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, albatta, yoshlar siz yoshlar uchun deya taʼkidlab, kelajakda qaysi kasbni egallashingizdan qatʼiy nazar fidoyi va tashabbuskor inson boʻlishlarini tiladilar.

Uchrashuv yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar va tavsiyalar olishdi.   

urdu.uz, “Vatan kelajagi uchun barchamiz birdek daxldormiz” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi

urdu.uz, “Vatan kelajagi uchun barchamiz birdek daxldormiz” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi

urdu.uz, “Vatan kelajagi uchun barchamiz birdek daxldormiz” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Ulashish