Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"Nihol" talabalar teatr studiyasi faoliyati yuzasidan uchrashuv tashkil etildi


Talaba-yoshlarni teatr sanʼatiga muhabbat ruhida tarbiyalash va maʼnaviy kamolotga yoʻnaltirish orqali  universitetda olib borilayotgan madaniy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga erishish hamda iqtidorli yoshlarga oʻz imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratib berish maqsadida bugun, 4-aprel sanasida  Tabiiy fanlar fakultetining 193-Geodeziya, kartografiya va kadastr ta’lim yo’nalishi talabalari ishtirokida Xorazm viloyati Musiqali drama teatri rejissori, UrDU  "Nihol" talabalar teatr studiyasi toʻgarak rahbari Sardor Roʻzmetov bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda "Nihol" talabalar teatr studiyasi tashkil etilishining maqsad va vazifalari haqida maʼlumotlar berilib, talabalarning iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida “aktyorlik mahorati” boʻyicha mahorat darsi olib borildi. 

urdu.uz, "Nihol" talabalar teatr studiyasi faoliyati yuzasidan uchrashuv tashkil etildi

urdu.uz, "Nihol" talabalar teatr studiyasi faoliyati yuzasidan uchrashuv tashkil etildi

urdu.uz, "Nihol" talabalar teatr studiyasi faoliyati yuzasidan uchrashuv tashkil etildi

Ulashish