Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Iqtisodchi olim Randall K. Filer Urganch davlat universitetida


2022-yilning  5-aprel sanasida iqtisodchi va tadqiqotchi olim, Nyu-Yorkdagi Xanter sity universiteti professori, Fundamental iqtisodiy tashabbuslar (EFI) tashkiloti prezidenti  Randall K. Filer Urganch davlat universiteti  Iqtisodiyot fakultetiga tashrif buyurdi. 

Tashrif avvalida Iqtisodiyot fakulteti dekani I.Abdullayev bilan uchrashib, soha doirasida suhbat olib bordi. Oʻzining “Mantiqiy iqtisodiyot” nomli kitobining oʻzbek tilidagi nashrini sovgʻa sifatida taqdim qildi.

Shundan soʻng, Iqtisodiyot fakultetining bir guruh talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda bugungi kundagi  faoliyati haqida gapirib, o‘zining  “Mantiqiy iqtisodiyot” nomli adabiyotining o‘zbek tilidagi tarjimasi bilan tanishtirib, taqdimot qildi. Uchrashuv davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, faol qatnashdilar.

Ulashish