Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"Gid hamrohligi metodologiyasi" yuzasidan seminar-trening tashkil etildi


2022-yil 6-aprel sanasida Xorijiy filologiya fakulteti "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda  "Ichan qal’a" davlat muzey qo'riqxonasi  hamkorlikda universitet Madaniyat saroyida seminar-trening bo'lib o'tdi. 

Uchrashuvni UrDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori S.Davletov kirish so'zi bilan ochib berib,  talabalarga ular yetuk gid hamroh bo'lishlari  uchun yurtimiz tarixi haqida xorijiy va mahalliy sayyohlarga yetarli ma’lumot bera bilishlari alohida ahamiyatga egaligini va yurtimiz  tarixiga oid ayrim ma’lumotlarni keltirib o'tdi. 

Seminar-treningda "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. 

Uchrashuvda "Ichan qal’a" davlat muzey qo'riqxonasi ilmiy xodimi Sh.Mayliyeva va  ushbu muzey - qo'riqxona tarjimoni, bosh mutaxassisi R.Tairova talaba-yoshlarga "Gid hamrohligi metodologiyasi" mavzusi yuzasidan qimmatli ma’lumotlar berishdi.

Talabalar tashrif buyurgan mutaxassislarga o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, tegishli javoblar olishdi.  

urdu.uz, "Gid hamrohligi metodologiyasi" yuzasidan seminar-trening tashkil etildi

urdu.uz, "Gid hamrohligi metodologiyasi" yuzasidan seminar-trening tashkil etildi

urdu.uz, "Gid hamrohligi metodologiyasi" yuzasidan seminar-trening tashkil etildi

Ulashish