Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti Kengashining 8-majlisi bo‘lib o‘tdi


2022-yil  6-aprel  sanasida  Urganch davlat universiteti Kengashining  8-majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.

Kengash  avvalida rektor Baxrom Abdullayev navbatdagi yutuq egalarini qutlab,  Attestat, Diplom va Guvohnomalarni oʻz egalariga tantanali topshirdi. Jumladan:

UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Davletov Sanjarbek  Rajabovichga Professorlik attestati;

“Tarix” kafedrasi dotsenti Sadoqat Matkarimovaga Fan doktori diplomi;

2021/2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalariga sazovor boʻlgan universitetning 13 nafar talabalariga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi talabalari uchun taʼsis etilgan Davlat stipendiyasi tanlovi sohibi Guvohnomasi  hamda  mazkur stipendiatlarning ustozlariga Tashakkurnomalar; 

UrDU Korrupsiyaga qarshi kurashish "komplayns-nazorat" tizimini  boshqarish bo'limi boshlig'i Shixova  Xosiyat  Ismoilovnaga  60 yillik yubileyi munosabati bilan rektor Tabriknomasi  tantanali topshirildi. 

Shundan soʻng, Kengash yig‘ilishining 8-majlisi  kun tartibidagi masalalar boʻyicha oʻz ishini davom ettirdi. 

urdu.uz, Urganch davlat universiteti kengashining 8-majlisi bo‘lib o‘tdi

 

urdu.uz, Urganch davlat universiteti kengashining 8-majlisi bo‘lib o‘tdi

 

urdu.uz, Urganch davlat universiteti kengashining 8-majlisi bo‘lib o‘tdi

urdu.uz, Urganch davlat universiteti kengashining 8-majlisi bo‘lib o‘tdi

Ulashish