Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti respublika o‘quv-seminariga mezbonlik qilmoqda


Bugun erta tongdan Urganch davlat universitetida bayramona kayfiyat, joʻshqinlik kezmoqda.  Mehmonlar tashrifiga tayyorgarlik avj oldi. Unda universitet jamoasining barcha masʼullari jamuljam boʻldi. 

Joriy yil 14-15 aprel sanalariga moʻljallangan  «Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati» mavzusidagi respublika o‘quv-seminari oʻz ishi boshlash arafasida. 

Universitet asosiy hududida koʻrgazma tashkil qilinib, unda oʻz qoʻl ishlari namunalari, hunarmandchilik buyumlari, rassomchilik ishlari va ilmiy-innovatsion loyihalari bilan  oliy dargohning bir guruh  iqtidorli talaba-yoshlari ishtirok etmoqdalar. 

Milliy oʻzligimizni tarannum etuvchi Xorazmning koʻrkam liboslarida va samimiy tabassumi ila talaba-qizlarimiz ham qoʻllarini koʻksiga qoʻyib, mehmonlarni kutib olishga shay.  

Oliy ta’lim muassasalarining 150 nafardan ortiq Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari boʻlgan konferensiya aʼzolari karnay-surnay sadolari ostida, Xorazmning patirlari-yu  nonlari ila tantanali kutib olindi.

urdu.uz, Urganch davlat universiteti respublika o‘quv-seminariga mezbonlik qilmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universiteti respublika o‘quv-seminariga mezbonlik qilmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universiteti respublika o‘quv-seminariga mezbonlik qilmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universiteti respublika o‘quv-seminariga mezbonlik qilmoqda

Ulashish