Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Turkiyaning “TUTV” telekanali jurnalisti UrDUda


Turkiyaning “TUTV” telekanali muxbiri  Nigar Ibraximova Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Urganch davlat universitetida boʻlib, rektor Baxrom Abdullayev bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda rektor  B.Abdullayev bugungi kunda mamlakatimizda Turkiya davlati bilan amalga oshirilayotgan keng hamkorlik aloqalari doirasi oliy taʼlim tizimida ham ortib borayotganini eʼtirof etdi. Urganch davlat universiteti Turkiyaning nufuzli Oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik qilayotganidan mamnuniyatini bildirib, universitetning keng imkoniyatlari hamda talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida gapirdi.

Oʻz navbatida Turkiyalik telejurnalist universitetimiz haqida, uning salohiyati va faoliyati haqida maxsus teledasturlar tayyorlash,  Turkiya telekanallarida uning imkoniyatlarini keng targʼib qilish istagida ekanini bildirdi. 

Telejurnalist tashrif doirasida ayni kunda UrDUda oʻtkazilayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati masalalariga qaratilgan  respublika oʻquv-seminarida ham ishtirok etdi. 

urdu.uz, Turkiyaning “TUTV” telekanali jurnalisti UrDUda

urdu.uz, Turkiyaning “TUTV” telekanali jurnalisti UrDUda

urdu.uz, Turkiyaning “TUTV” telekanali jurnalisti UrDUda

urdu.uz, Turkiyaning “TUTV” telekanali jurnalisti UrDUda

Ulashish