Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Mahalla va oliy taʼlim hamkorligi – kun talabi


Joriy yil 14-aprel sanasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish" dasturi ijrosi yuzasidan Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti tashabbusi bilan "Jaloliddin Manguberdi", "Temir yo'lchi", "Ma’rifat", "Toza bog' " va "Umid" MFY hamkorligida band bo‘lmagan, uyushmagan yoshlar, fakultet professor-o‘qituvchilari va bir guruh faol talabalari hamda Urganch shahar San’at litseyining o‘qituvchilar jamoasi, iste'dodli o‘quvchilari bilan madaniy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.

Hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda fakultet talabalari teatr jamoasi, maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari, "Quvnoqlar va zukkolar" guruhlarining mohirona chiqishlari va dilrabo raqslari tomoshabinlarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi. 

Ijodkor talabalar tomonidan aytilgan monologlar, o'quvchilarning qo'l ishlari, bilimga chanqoq yoshlardan tuzilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining “Filologlar”, “Algorotim” va “Da Vinchi” jamoalari bilim maydonida munosib bahs olib borishdi. 

Mahallada fakultet o'qituvchilari tomonidan tashkil etilgan til o'rganish to'garaklarida faol qatnashayotgan, kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan mahalla yoshlariga fakultet professor-o'qituvchilari tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

urdu.uz, Mahalla va oliy taʼlim hamkorligi – kun talabi

urdu.uz, Mahalla va oliy taʼlim hamkorligi – kun talabi

urdu.uz, Mahalla va oliy taʼlim hamkorligi – kun talabi

urdu.uz, Mahalla va oliy taʼlim hamkorligi – kun talabi

Ulashish