Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Respublika oʻquv-seminari delegatsiyasi Xiva shahriga sayohat qildi

Xiva– Xorazmning qadimiy shaharlardan biri bo’lib, o’rta asr sharq mе'morchiligining tеngsiz javohiri, yirik va noyob meʼmoriy yodgorlikdir. Xiva shahri nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda eng qadimiy va tarixiy obidalarga boy shaharlardan biridir.  Umumiy maydoni 26 gektarni tashkil etadigan koʻhna   Ichan qalʼaning Muhammad Aminxon madrasasi, Kaltaminor, Toshhovli saroyi, Olloqulixon madrasasi va boshqa inshootlari e’tiborga diqqatga sazovordir. 

Urganch davlat universitetida xotin - qizlarning ijtimoiy - siyosiy faolligini oshirish bo'yicha oʻtkazilgan respublika o'quv-seminari doirasida 15-aprel kuni delegatsiyaning  butun dunyo hamjamiyatini o’z bag’riga chorlashdan aslo charchamaydigan azim Xiva shahriga sayohati  tashkil etildi.

Mehmonlar kun davomida Gid hamrohligida Ichan qalʼa majmuasida joylashgan XVII-XIX asrlarga oid Koʻhna Ark saroyi,  Tosh hovli saroyi, Olloqulixon tim va karvonsaroyi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Dishan qalʼada joylashgan Nurullaboy hovlilari kabi Xorazm xalq meʼmorligining ajoyib obidalari, madrasa, masjid, saroy va minoralarini koʻrib, ularning tarixi, qadimiy afsonalari bilan tanishdilar. 

Mehmonlar bu ko‘hna shaharning me’moriy yodgorliklari:  yog‘och o‘ymakorligi, sangtaroshlik, ganchkorlik, sirkor sopol va boshqa rang-barang naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan qalʼalari, sharqona ruhini his ettiruvchi bozorlari, milliy hunarmandchilikning maxsus hujralari-yu tor ko‘chalari bo‘ylab sayr qilishdi. Noyob osori atiqalarga boy boʼlgan Xiva muzeylari mehmonlarda ajib taassurot va hayrat uygʼotgani ayni haqiqat.

urdu.uz, Respublika oʻquv-seminari delegatsiyasi Xiva shahriga sayohat qildi

Ulashish