Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Fizika-matematika fakulteti talabalari bilan "Korrupsiyasiz hayot - kelajak poydevori" mavzusida uchrashuv oʻtkazildi


Bugun, 29-aprel kuni Fizika-matematika fakultetining 201-202-fizika hamda  204-amaliy matematika guruhi talabalari hamda tyutorlari ishtirokida "Korrupsiyasiz hayot - kelajak poydevori" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Unda UrDU Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayns-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i Sh.Xosiyat ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurash borasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, poraxoʻrlik, tamagirlik kabi huquqbuzarliklarni oldini olish, kelajakda jamiyatimiz uchun munosib kadr bo’lib xizmat qilish istagi bilan bilim olayotgan yoshlarimizning ongida o’ziga bo’lgan ishonch, intilish, bilim olishga bo’lgan ishtiyoqi asta-sekinlik bilan so’nib borishida korrupsiyaning roli, ushbu zararli illatga bir yoqadan bosh chiqarib qarshi kurashish lozimligi, nafaqat ta’lim tizimi balki jamiyatimizning barcha sohalaridan korrupsiyani quvib chiqarish kerakligini taʼkidlab, bu borada Urganch davlat universitetida olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.
Uchrashuv yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, tegishli javoblar oldilar.

urdu.uz, Fizika-matematika fakulteti talabalari bilan "Korrupsiyasiz hayot -  kelajak poydevori"  mavzusida uchrashuv oʻtkazildi

urdu.uz, Fizika-matematika fakulteti talabalari bilan "Korrupsiyasiz hayot -  kelajak poydevori"  mavzusida uchrashuv oʻtkazildi

urdu.uz, Fizika-matematika fakulteti talabalari bilan "Korrupsiyasiz hayot -  kelajak poydevori"  mavzusida uchrashuv oʻtkazildi

Ulashish