Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ingliz tili darslarini faollashtirishda har xil turdagi oʻyinlardan foydalanish boʻyicha seminar-trening tashkil qilindi


Bugun, 11-may kuni  Toshkentdagi Vebster universiteti hamda UrDU Xorijiy filologiya fakulteti hamkorligida  maktablarda ingliz tili darslarini faollashtirishda turli oʻyinlardan foydalanish boʻyicha seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Unda UrDU “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri J.Ermetova boshchiligida kafedra professor-oʻqituvchilari, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi  ingliz tili o'qituvchilari va Xorazm viloyatidagi ingliz tiliga ixtisoslashgan maktablardan kafedraga biriktirilgan 6 ta maktabning o'qituvchilari qatnashdilar.
Seminarni ZOOM dasturi orqali onlayn kuzatish imkoniyati ham yaratildi. 

Vebster universitetidan tashrif buyurgan mutaxassis Saodat Tadjibayeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli qarori  ijrosi sifati amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib, maktablarga Kembrij programmasini kiritish, chet tillarini o'qitish samaradorligini oshirish, ta'lim sifatini oshirish borasidagi oʻz qarashlari bilan seminar-trening ishini olib bordi.
Trening oʻzaro fikr va tajriba almashish ruhida oʻtdi, unda koʻplab savol-javoblar boʻldi. 

urdu.uz, Ingliz tili darslarini faollashtirishda har xil turdagi oʻyinlardan foydalanish boʻyicha seminar-trening tashkil qilindi

urdu.uz, Ingliz tili darslarini faollashtirishda har xil turdagi oʻyinlardan foydalanish boʻyicha seminar-trening tashkil qilindi

urdu.uz, Ingliz tili darslarini faollashtirishda har xil turdagi oʻyinlardan foydalanish boʻyicha seminar-trening tashkil qilindi

Ulashish