Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



TURIZM VA IQTISODIYOT FAKULTETIDAGI HOLAT BO‘YICHA IJTIMOIY TARMOQDA BILDIRILGAN FIKRLARGA RADDIYA


2019 yil 10 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqda Urganch davlat universiteti Turizm va iqtisodiyot fakultetidagi mas’ul xodimlar, ayrim professor-o‘qituvchilarning faoliyati bo‘yicha qayd etilgan fikrlarga o‘z munosabatimizni bildirishni joiz deb topdik. 
Universitet o‘z faoliyatida Ichki mehnat tartib va Odob-ahloq qoidalari, Jamoa shartnomasi hamda Ustaviga amal qiladi. Unga asosan talabalarning huquq va majburiyatlari belgilangan bo‘lib, ularni amalga oshirishda universitet mas’ul xodimlari tomonidan muntazam tushuntirish olib boriladi. 
Ijtimoiy tarmoqda keltirilgan Urganch davlat universiteti Turizm va iqtisodiyot fakultetida talabalarning darsga vaqtida qatnashishi va kiyinish madaniyati bilan bog‘liq masalalar xususida bildirilgan fikrlar   fakultet talabalari orasida o‘rganilganda fakultetning ma’sul xodimlari, professor-o‘qituvchilari faoliyatiga nisbatan e’tirozli holatlar kuzatilmadi.
Shunga qaramasdan, universitetda ma’sul xodimlar va professor-o‘qituvchilari tomonidan nomaqbullikka yo‘l qo‘yilganligi haqida asosli faktlar mavjud bo‘ladigan bo‘lsa, bunday habarlarning mualliflaridan universitet rahbariyatiga murojaat qilishini so‘rab qolamiz. 
Universitet rahbariyati e’tiroz va takliflarni murojaat qiluvchilar bilan yuzma-yuz ko‘rishib, o‘rnatilgan tartibda xal etilishini kafolatlaydi.

Урганч давлат университети матбуот хизмати

Ulashish