Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Navbatdagi hamkorimiz: Bartin davlat universiteti


Ayni vaqtda xizmat safari bilan Izmir shahrida bo‘lib turgan UrDU rektori B.Abdullayev 9-iyun kuni xalqaro ta’lim forumining ilk kunida, shartnomalar imzolash marosimida Turkiyaning Bartin davlat universiteti rektori prof. Dr.Oʻrxon Uzun bilan ham qator imkoniyatlarga ega hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Taʼkidlash joizki, Bartin davlat universiteti Turkiyaning yosh universitetlaridan biri, 2008-yilda tashkil etilgan. Bu universitet Qora dengiz mintaqasida joylashgan. Taʼlimning  bakalavriat bosqichida 21 ta yoʻnalish boʻyicha kadrlar tayyorlaydi. 

Endilikda Urganch davlat universiteti Bartin davlat universiteti bilan professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi, ilmiy stajirovkalar, madaniyatlararo almashinuv dasturlari, xalqaro loyihalar, hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot ishlari, qoʻshma ta’lim dasturlari, yozgi taʼtil dasturlari, hamkorlikdagi ilmiy rahbarlik, ilmiy ma’ruzalar almashinuvi hamda anjuman va seminarlar oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻldi.

urdu.uz, Navbatdagi hamkorimiz: Bartin davlat universiteti

urdu.uz, Navbatdagi hamkorimiz: Bartin davlat universiteti

urdu.uz, Navbatdagi hamkorimiz: Bartin davlat universiteti

Ulashish