Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Urganch davlat universiteti Ilmiy kengashining 5-majlisi boʻlib oʻtdi

 Bugun, 28-dekabr kuni Urganch davlat universiteti  Kengashining 2022-yildagi soʻnggi yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilish avvalida rektor B.Abdullayev jamoani kirib kelayotgan 2023-yil bilan qizgʻin tabrikladi. Oʻtib borayotgan 2022-yil universitet faoliyatida ulkan yutuq va marralarga boy yil boʻlganligini alohida eʼtirof etib, kelayotgan yangi yilda bundan-da yuksak zafarlarga erishishda jamoaga kuch-quvvat tiladi. Urganch davlat universitetida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida yil sarhisobiga bagʻishlab maʼruza qildi. 

Shundan soʻng, 2022-yil davomida Urganch davlat universitetining oʻquv, maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy yoʻnalishlarini yuksaltirish yoʻlidagi samarali faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faolligi uchun universitetning bir guruh professor-oʻqituvchilari, tyutorlari va ishchi-xodimlariga rektor Faxriy yorligʻi hamda Xorazm viloyati hokimligi tashabbusi bilan nashr qilingan Pahlavon Mahmudning 5 tildagi Ruboiylar toʻplami topshirildi.

Shuningdek, Tabiiy fanlar fakulteti “ Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi ” kafedrasi mudiri S.Bobojonovaga Dotsentlik diplomi, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti oʻqituvchisi A.Roʻzmetovaga texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD diplomi topshirildi.

UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, dots. Sh.Nurullayevaga “Yil ayoli” milliy tanlovining Respublika bosqichida faol ishtirok etib, “Yilning eng kuchli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchisi” nominatsiyasi gʻolibi deb topilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.Mahkamovaning Diplomi,  oliy taʼlim sohasidagi samarali faoliyati, davlat va jamiyatda tutgan oʼrni, shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarda faolligi uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulovning Tashakkurnomasi topshirildi.  

Yigʻilish davomida joriy yil 6-dekabrdan 23-dekabr sanasigacha akademik mobillik doirasida Turkiyaning Ege universitetida stajirovkada boʻlib qaytgan professor-oʻqituvchilar va talabalarning hisobotlari tinglandi. Safar davomidagi taassurotlarini jamoaga taqdimot asosida gapirib berdilar. 

Shundan soʼng, ilmiy kengash yigʻilishi kun tartibidagi masalalar yuzasidan oʼz ishini davom ettirdi. 

urdu.uz, Urganch davlat universiteti Ilmiy kengashining 5-majlisi boʻlib oʻtdi

Ulashish