Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Tyutorlar uchun o'quv seminar boshlandi


Bugun, 6-yanvar kuni Urganch davlat universiteti tyutorlari uchun ikki kunlik oʻquv seminar oʻz ishini boshladi.

Seminar mashgʻulotining birinchi kunida Urganch davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Davletov “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatining mazmun-mohiyati”, universitet Bosh hisobchisi A.Hayitboyev  “Talabani rag‘batlantirishning normativ-huquqiy asoslari”, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i U.Jabbarov  “Talabalar murojaati bilan ishlashning zamonaviy mexanizmlari”, Filologiya fakulteti tyutorlar kengashi raisi N.Bekchanova “Oliy ta’lim muassasasida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartiblari: tyutorlikning maqsadi, vazifalari, majburiyatlari”, universitet Profilaktika inspektori D.Sapayev “Oliy ta’lim muassasalarida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni keltirib chiqaruvchi omillarga qarshi kurashishning samarali omillari”, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri B.Nurullayeva “Oliy ta’lim muassasasi obyektivida talaba va o‘qituvchi munosabati (keyslar asosida)da ijobiy yechim topish vositalari”, Filologiya fakulteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti N.Jumaniyozova “Yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish”, universitet Tyutorlar kengashi raisi R.Matchanov “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” kabi mavzularda maʼruza qildilar, Iqtisodiyot fakulteti tyutori A.Hudayqulovning tyutorlik faoliyati boʻyicha taqdimoti namoyish etildi.

 Seminar davomida jamoa bilan ishlash, ijro intizomi hamda nutq madaniyatini oshirish yuzasidan psixologik treninglar olib borildi. 

urdu.uz, TYUTORLAR UCHUN OʻQUV SEMINAR BOSHLANDI

urdu.uz, TYUTORLAR UCHUN OʻQUV SEMINAR BOSHLANDI

urdu.uz, TYUTORLAR UCHUN OʻQUV SEMINAR BOSHLANDI

urdu.uz, TYUTORLAR UCHUN OʻQUV SEMINAR BOSHLANDI

Ulashish