Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Taqdir charxpalagi: Sulton Jaloliddin Manguberdi Gurjiston savashida


Bugun, 7-yanvar kuni uzoq yillar Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimlarida samarali faoliyat olib borgan telejurnalist, yozuvchi, tarjimon Nur Ahmad Urganch davlat universitetida boʻlib, rektor Baxrom Abdullayev bilan uchrashdi.

Jaloladdin Manguberdi. Umrboqiylikka dahldor   ulugʻ siymoning  jahon miqyosida  tutgan  oʻrni beqiyos. Taniqli Gruzin  adibi Grigol Abashidzening yozuvchi Vladimir Solouxin tomonidan rus tiliga oʻgirilgan “Dolgaya noch” nomli kitobi Sulton Jaloliddin  Manguberdining Gurjistonga qilgan yurishi haqida yozilgan  badiiy-tarixiy romandir. Endilikda  ushbu  romanni  har  bir kitobxon oʻzbek  tilida mutolaa qilish imkoniga ega boʻldi. Ustoz  ijodkor, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Nur  Ahmad tomonidan “Taqdir charxpalagi” nomi bilan oʻzbek tiliga tarjima qilingan mazkur asar chindan ham, oʻzbek kitobxonlari uchun munosib tuhfa boʻldi.

Uchrashuvda  mazkur asarning  mazmun-mohiyati xususida ijodiy suhbat boʻldi.  Nur Ahmad tarjimon sifatida ushbu asar toʻgʻrisidagi oʻz mushohadalarini bayon etdi. 

Roman Gurjistonning qonli oʻtmishidan hikoya qiluvchi mashhur trilogiyasining bir qismidir. Bu asar Gurjiston tarixidagi eng fojiali davrni – Chingizxon bilan savashlarda goh yengib, goho yengilib, bobolarining buyuk saltanatini qayta tiklamoq orzusida yongan Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdining gurji yerlarini bosib olishi tarixidan hikoya qiladi.

Uchrashuvda ulugʻ  bobokalonimiz Jaloliddin Manguberdining sharafli umr yoʻllaridan soʻzlovchi ushbu asar koʻp ming nusxada chop qilinib, universitet talaba-yoshlari uchun taqdim etilishi va har bir yosh avlod tariximizni va buyuk qahramonimizni chuqur anglashlari lozimligi taʼkidlandi. Romanning taqdimot kechasini oʻtkazishga kelishib olindi. 

Uchrashuv yakunida Nur Ahmad  “Taqdir charxpalagi” tarjima asarini, shuningdek,  hayot sinovlarini mardonavor yengib oʻtgan insonlar qiyofasi aks ettirilgan, vatanga cheksiz muhabbat, ota-onaga hurmat, doʻst-birodarlarga sadoqat tuygʻulari ulugʻlangan hamda umr yoʻli davomida koʻrgan-bilganlarini, bevosita guvohi boʻlganlari tasvirlangan  “Oyning oʻn beshi...” yodnoma asarini  rektor B.Abdullayevga sovgʻa qildi. 

urdu.uz, Taqdir charxpalagi: Sulton Jaloliddin Manguberdi Gurjiston savashida

urdu.uz, Taqdir charxpalagi: Sulton Jaloliddin Manguberdi Gurjiston savashida

urdu.uz, Taqdir charxpalagi: Sulton Jaloliddin Manguberdi Gurjiston savashida

Ulashish