Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida quyosh panellarini oʻrnatish ishlari boshlab yuborildi


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abdurahmonovning oliy taʼlim muassasalariga quyosh panellarini oʻrnatish boʻyicha topshirigʻiga binoan, bugun, 13-fevral kuni muqobil energetika boʻyicha mutaxassis, Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti Zoir Kenjayev Xorazm viloyatidagi barcha davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalariga amaliy yordam ko'rsatish maqsadida Urganch davlat universitetida boʻldi. Tashrif asnosida UrDU rektori B.Abdullayev, Moliya va iqtisodiyot ishlari boʻyicha prorektori A.Atajonov hamda Texnik foydalanish va xoʻjalik boʻlimi boshligʻi O.Quryazovlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda 2023-yilda Urganch davlat universitetining 6 ta oʻquv binosi va 7 ta talabalar turar joylari binolarining tom qismiga quyosh panellarini oʻrnatish masalasi atroflicha koʻrib chiqildi.

Kunning ikkinchi yarmida viloyatimizdagi  barcha oliy taʼlim muassasalari masʼullari ishtirokida quyosh panellarini oʻrnatish bo'yicha seminar tashkil etildi. Unda har bir OTMning imkoniyatidan kelib chiqib, bir yillik elektr energiya qiymatlari tahlil qilindi. Quyosh elektr stansiyalarini oʼrnatishning texnik tomonlari tushuntirilib, bu borada qanday koʼrsatkichlarga eʼtibor berish lozimligi seminar qatnashchilariga yetkazildi. 

Maʼlumot oʻrnida, Urganch davlat universitetida quyosh panellarini oʻrnatish ishlari boshlab yuborildi. Bugunning oʻzida 550 Vt lik quyosh panelidan 272 tasi universitetga keltirildi. 

urdu.uz, Urganch davlat universitetida quyosh panellarini oʻrnatish ishlari boshlab yuborildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida quyosh panellarini oʻrnatish ishlari boshlab yuborildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida quyosh panellarini oʻrnatish ishlari boshlab yuborildi

urdu.uz, Urganch davlat universitetida quyosh panellarini oʻrnatish ishlari boshlab yuborildi

Ulashish