Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Urganch davlat universiteti Kengashining 7-majlisi boʻlib oʻtdi

2023-yil 23-fevral kuni sanasida Urganch davlat universiteti Kengashining 7-majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.

Kengash yigʻilishida kun tartibidan oʻrin olgan masalalar boʻyicha axborot va hisobotlar tinglandi:

-Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi yakunlari haqida;

-Urganch davlat universitetining 2022-yildagi moliyaviy va xoʻjalik faoliyati yakunlari toʻgʻrisida;

-Universitetda tyutorlarning talabalar bilan olib borayotgan ishlari samaradorligi toʻgʻrisida;

-Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarining bajarilish holati, mavzularining mintaqa muammolari bilan bogʻliqligi toʻgʻrisida;

-Universitetda yangi 2023-2024-oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarining tashkil etilishi toʻgʻrisida;

-Urganch davlat universitetining  Kimyoviy texnologiyalar va Texnika fakultetlarida talabalar bandligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida.

 Shuningdek, turli xil masalalar muhokama qilinib, tegishli taklif va fikrlar bildirildi. 

urdu.uz, Urganch davlat universiteti Kengashining 7-majlisi boʻlib oʻtdi

Ulashish