Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!


Bugun Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida «Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi» doirasida profilaktik tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda Urganch tumani  IIB JXX XPB Xotin-qizlar masalalari katta inspektori, mayor Sh.Botirova, viloyat OITS ga  qarshi   kurash  boshqarmasi katta shifokori  Sh.Abdullayev, UrDU  profilaktika inspektori  D.Sapayev, fakultet tyutorlari va talabalar ishtirok etishdi.

So‘zga chiqqan maʼruzachilar giyohvand moddalarni isteʼmol qilishning zarari, narkotik savdosiga qarshi kurash, narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar va ularning huquqiy oqibatlari haqida maʼlumotlar berishdi. Tadbirda talaba-yoshlarga mavzuga oid hujjatli film namoyish etildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

urdu.uz, Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!

urdu.uz, Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!

urdu.uz, Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!

urdu.uz, Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!

Ulashish