Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash" mavzusida psixolog bilan uchrashuv


Hozirgi kunda jamiyatda oilaviy nizolarning soni ortib bormoqda, bunga sabablardan biri sifatida  yoshlarni oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarini yetarli darajada shakllanmaganligi keltirish mumkin. Shu sababli bu borada  universitetda muntazam ravishda talabalar bilan muloqotlar tashkil etilmoqda. 

Galdagi davra suhbati Fizika-matematika fakultetining 3-kurs Fizika yoʻnalishi talaba-qizlari bilan boʻlib oʻtdi.

Unda amaliyotchi psixologi M.Avezova, fakultet Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi B.Jabbarova hamda fakultet tyutorlari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda oila haqida sharq mutafakkirlarining qarashlari va zamonaviy yondashuvlar, shuningdek, oila borasidagi ijtimoiy- psixologik masalalar muhokama qildi. Talaba-yoshlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Ulashish