Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

"Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Bugun, 4-aprel kuni Urganch davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari, tyutorlari va talaba-yoshlari ishtirokidagi ushbu targ‘ibot tadbiri  "Men befarq emasman" shiori ostida o‘tkazildi. 

UrDU Birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib bergan ushbu tadbirda yuridik fanlari doktori, professor N.Rajabov hamda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalaridan iborat "Targ‘ibot poyezdi" aʼzolari,  Xorazm viloyati yuridik texnikumi direktori T.Eshmetov, Korrupsiyaga qarshi kurash hududiy kengashi masʻul xodimi P.Roʻziboyevlar Konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada taʼlim va ilm-fan sohasidagi o‘zgarishlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kiritilayotgan yangiliklar haqida fikr bildirishdi. 

Targ‘ibotchi talabalar tomonidan esa interaktiv usulda mashg‘ulotlar olib borildi. 

urdu.uz, "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Ulashish