Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Urganch davlat universitetida Oʻzbekiston xalq artisti Gulora Rahimovaning 75 yilligi munosabati bilan badiiy kecha oʻtkazildi

Xorazm musiqali drama teatrining koʻzga koʻringan, faxr-u gʻururiga aylangan Oʻzbekiston xalq artisti, sahna ustasi Gulora Rahimova oʻzining 45 yillik umrini Xorazm teatr sanʻatini rivojlantirishga baxshida etgan fidoiy sanʻat arbobidir. 

Badiiy kechada viloyatimizning sanʻat arboblari, yozuvchi va shoirlar, sanʼat ustasi Gulora Rahimovaning kasbdosh doʻstlari, Pedagogika fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirda Xorazm sanʼat olamining taniqli ijodkorlari soʻzga chiqib, Gulora Rahimovaning ijodiy faoliyati, boy tajribasi, teatr olamidagi oʼrni, voha sanʼati rivojiga qoʻshgan ulkan hissalarini eʼtirof etib, tabrik soʻzlari, ezgu tilaklarini bildirdilar. 

Pedagogika fakulteti talabalari tomonidan badiiy chiqishlar qilindi. Yakunda esa badiiy kecha qahramonidan ijodiy chiqish tuhfa qilindi.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida Oʻzbekiston xalq artisti Gulora Rahimovaning 75 yilligi munosabati bilan badiiy kecha oʻtkazildi

Ulashish