Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

“Oʻzbekiston respublikasida referendumni tashkil etishning huquqiy asoslari va konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati” mavzusida seminar tashkil etildi

Umumxalq muhokamasi asosida qabul qilinishi koʼzda tutilgan yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmunini tushuntirish, referendum ishtirokchilari salohiyatini oshirish va ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar bilan tanishtirish maqsadida Urganch davlat universitetida oʻquv-seminari bo'lib o`tdi. Seminarni UrDU Birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berdi. 

Referendum jarayonlarida ilk bor qatnashayotgan UrDU talaba-yoshlari ishtirokidagi ushbu oʻquv-seminarda Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori, yuridik fanlari nomzodi S.Xodjayeva, Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Yuridik boʻlim boshligʻi, yuridik fanlari nomzodi Sh.Umarova,  Ombudsmanning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili O.Ollayorov, universitet birinchi prorektori S.Davletov hamda “Demokratiya va inson huquqlari instituti” Xorazm viloyati filiali direktori I.Jumaniyozovlarning  «O‘zbekiston Respublikasida referendumni tashkil etish va o‘tkazishning huquqiy asoslari» hamda «O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiyaviy islohotning ahamiyati» mavzularidagi ma'ruzalari tinglandi. 

Yakunda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

urdu.uz, “Oʻzbekiston respublikasida referendumni tashkil etishning huquqiy asoslari va konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati” mavzusida seminar tashkil etildi

Ulashish