Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon”


Bugun Urganch davlat universitetida viloyatimizning koʻzga koʻringan, faoliyatida koʻplab yutuqlarga erishgan tadbirkorlari ishtirokida motivatsion trening oʻtkazildi. Treningda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis senati aʼzosi U.Sharipov, “Fayz-baraka” MCHJ rahbari, deputat Sh.Xudayberganov, UzAgroSugʻurta Urganch shahar boʻlimi rahbari A.Navroʻzovlar mehmon sifatida, shuningdek, UrDU Birinchi prorektori S.Davletov, Iqtisodiyot fakulteti professor-oʻqituvchilari, tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etishishdi.

Biznes vakillari oʻz tajribalari, tadbirkorlik bilan samarali shugʻullanish va marketingda muvaffaqiyatga erishishda nimalarga eʼtibor qaratish kerakligi haqida talabalarga qimmatli tavsiyalarini, mahorat saboqlarini ulashdilar.

Yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash borasidagi islohotlar, yangilanayotgan Konstitutsiyada iqtisodiyot sohasida kutilayotgan oʻzgarishlarga toʻxtaldilar. 

Motivatsion trening tadbirkorlik sohasiga qiziquvchi 300 ga yaqin yoshlar ishtirokida qizgʻin va koʻtarinki ruhda kechdi.

urdu.uz, Tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon”

urdu.uz, Tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon”

urdu.uz, Tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon”

urdu.uz, Tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon”

Ulashish