Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Referendum va yoshlar


Joriy yil 17-aprel kuni Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ishtirokida “Referendum va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda UrDU Birinchi prorektori S.Davletov so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli yangilanishlar, kostitutsion islohotlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya va undagi tarixiy o‘zgarishlar to‘g‘risida maʼruza qildi.

Shundan so`ng, tadbir mehmoni O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo’limi rahbari G.Ibodullayevaning konstitutsion o’zgarishlarning ahamiyati, insonning  huquq erkinliklari kafolati haqidagi fikrlari tinglandi. Yangilanayotgan qomusiy hujjatimizga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar,  vatanga sadoqat, yurt kelajagiga daxldorlik masalalari va yoshlar uchun imkoniyatlarga alohida toʻxtalib, tahlil qilindi.

Tadbir yakunida talabalar shoiraning ijod namunalaridan ham bahramand boʻldilar.

Referendum va yoshlar; urdu.uz

Referendum va yoshlar; urdu.uz

Referendum va yoshlar; urdu.uz

Ulashish