Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

"9-may - Xotira va qadrlash kuni"ga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami – “Xotira va qadrlash kuni” ni, Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari oldida hurmat bajo keltirish, yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda bu muqaddas ayyomni yuksak saviyada nishonlash anʻana tusiga kirgan. 

Bugun Urganch davlat universitetida ham tadbir o‘tkazildi. Unda universitet rahbariyati, oliygohimizda uzoq yillar davomida faoliyat koʻrsatib kelayotgan faxriy ustozlar, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirni UrDU rektori B.Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berdi. Tadbirda soʻz olganlar, ota-bobolarimiz matonati, o‘tganlarni yod etish, keksalarni qadrlash, tinchligimiz qadriga yetish haqida atroflicha soʻz yuritishdi.  Universitetimizda faoliyat yuritib oʻtganlar yodi videolavhalar orqali xotirlandi. Filologiya va Pedagogika fakultetlari talabalarining badiiy chiqishlari namoyish qilindi.

Faxriy ustozlarga Kasaba uyushmasi qoʻmitasining esdalik sovgʻalari topshirildi.

urdu.uz, "9-may - Xotira va qadrlash kuni"ga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

Ulashish