Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Qaynonam ham onam” mavzusida ko’rik-tanlov bo’lib o’tdi


"15-may –Xalqaro oila kuni" munosabati bilan bugun Urganch davlat universitetida UrDU Xotin-qizlar Maslahat kengashining “Qizlarjon” klubi, Yoshlar Ittifoqining “Qizlar ovozi”, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashining  “Ayollar qanoti”, Urganch shahar 3-sonli “Ma’rifat” mahallasining  “Oqila ayollar” harakati hamda Urganch shahridagi 53008-harbiy qism bilan hamkorlikda “Qaynonam ham onam” mavzusida ko’rik-tanlov bo’lib o’tdi. 

Ushbu ko’rik-tanlovni o’tkazishdan maqsad talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularni  oilada uchrab turadigan vaziyatlar va ularni yechimini ko’rsatib berishdan iborat. 

Tanlovda Xorijiy filologiya, Iqtisodiyot, Pedagogika, Tabiiy fanlar fakultetlari o’qituvchi ayol va talaba-qizlari 3 shart davomida oʼzaro bellashdi. Natijalarga koʼra: 

1-o’rin: Eshniyozova Yulduz (Iqtisodiyot fakulteti); 
2-o’rin: Polvonnazirova Roza (Xorijiy filologiya fakulteti); 
3-o’rin: Akimova Nodiraxon (Xorijiy filologiya fakulteti).

G’oliblar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

urdu.uz, “Qaynonam ham onam” mavzusida ko’rik-tanlov bo’lib o’tdi

urdu.uz, “Qaynonam ham onam” mavzusida ko’rik-tanlov bo’lib o’tdi

urdu.uz, “Qaynonam ham onam” mavzusida ko’rik-tanlov bo’lib o’tdi

urdu.uz, “Qaynonam ham onam” mavzusida ko’rik-tanlov bo’lib o’tdi

Ulashish