Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

“Yoshlar orasida kiberxavflar, giyohvandlik va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Joriy yil 19-iyun kuni Urganch davlat universitetida “Yoshlar orasida kiberxavflar, giyohvandlik va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi. Unda universitet professor-oʻqituchilari, tyutorlari va talaba-yoshlari ishtirok etib, tegishli soha mutaxassislarining mavzu doirasidagi maʼruzalarini tingladilar.

Tadbirni UrDU Birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berdi. 

Tadbirda Urganch shahar IIB Tergov boʻlimi xodimi, podpolkovnik A.Sapayev kiberxavfsizlik, kiberjinoyat, uning mazmun va mohiyati, kiberjinoyatdan saqlanish, kiberjinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qonunda belgilangan jazo toʻgʻrisida, shuningdek, yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish, tergov jarayonlarida qiynoqni oldini olish kabilar haqida maʼlumotlar berdi. 

Shuningdek, giyohvandlik-asr vabosi ekanligi,  giyohvandlikka ruju qo‘yishning salbiy oqibatlari haqida ham tushunchalar berib o‘tildi. 

Uchrashuv yakunida tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. 

urdu.uz, “Yoshlar orasida kiberxavflar, giyohvandlik va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi

Ulashish