Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Milliy armiyamiz — yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir

Urganch davlat universiteti talaba-yoshlarini yurtga sadoqatli, mard va jasur, harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida joriy yil 19-iyun kuni “Yoshlar oyligi” doirasida universitet tyutorlari tomonidan bir guruh harbiy xizmatchilar ishtirokida maʻnaviy-maʻrifiy tadbir tashkil etildi. 

Unda so‘zga chiqqanlar yurtimizdagi bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlari, erishilgan barcha yutuqlarimiz zamirida tinchlik va osoyishtalik mujassam ekanligini alohida ta’kidladilar. Milliy armiyamiz yoshlarning irodasini toblaydigan, ularni o‘z Vatani va xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalaydigan jasorat maktabi ekanligini eʼtirof etdilar.

Tadbirda Nukus shahridagi Shimoli-gʻarbiy okrugning harbiy orkestri hamda Urganch shahridagi 53008-harbiy qism jangovor guruhining harbiy koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi.

urdu.uz, Milliy armiyamiz — yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir

Ulashish