Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

UrDU rahbariyati bilan festival ishtirokchilarining ochiq muloqoti bo'lib o'tdi

Festivalning ochilish marosimi Urganch davlat universiteti rahbariyati va festival ishtirokchilarining ochiq muloqotiga ulanib ketdi.

Unda UrDUning barcha prorektorlari qatnashib, oʻz yoʻnalishlari doirasida Urganch davlat universitetida amalga oshirilayotgan ishlar haqida mehmonlarni tanishtirdi. Oʻz navbatida fargʻonalik talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi. Talabalarning savollari, asosan, xorijiy grant loyihalar, amaliyot jarayonlari, talabalarni boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda universitetda talabalarga yaratilgan sharoitlarga qaratildi. 

Erkin va qizgʼin tus olgan muloqot mobaynida har ikkala oliygoh talabalari oʼzaro fikr almashish imkoniga ega boʼlishdi.

Eslatib oʼtamiz, ushbu festivalda 10 dan ortiq xorijlik, Fargʻona politexnika institutidan 40 nafar shuningdek, Urganch davlat universiteti hamda viloyatdagi boshqa oliy ta’lim muassasalaridan talaba-yoshlar ishtirok etmoqda. 

urdu.uz, UrDU rahbariyati bilan festival ishtirokchilarining ochiq muloqoti bo'lib o'tdi

Ulashish