Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Bugun viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov viloyatdagi oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilari bilan uchrashdi

Urganch davlat universitetining madaniyat saroyida tashkil qilingan ushbu ochiq muloqot o‘ta samimiy ruhda o‘tdi. Bitiruvchi talabalar xorijdagi va mamlakatimizdagi oliy ta'lim dargohlarining magistratura bosqichida tahsilni davom ettirish, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan viloyat hokimiga murojaat qildilar, o‘zlarining takliflarini bildirdilar.

Ma'lumot uchun, 2023-yilda Urganch davlat universiteti, TTA Urganch filiali hamda TATU Urganch filialini  8 ming 974 nafar bitiruvchilar tamomlaydi. Ularning bandligini ta'minlash, yosh mutaxassis sifatida qo‘llab-quvvatlash borasida aniq manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Universitetda bugungi uchrashuv doirasida tashkil qilingan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi ham ana shu yo‘nalishdagi tadbirlardan biri. Unda bitiruvchi talabalarga o‘z mutaxassisliklariga mos ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.

urdu.uz, Bugun viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov viloyatdagi oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilari bilan uchrashdi

Ulashish