Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Rektor yoshlar xonadonida


Bugungi kunda yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoitlar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash eng dolzarb masalaga aylanmoqda. Ushbu xayrli ishlar Urganch davlat universitetiga biriktirilgan qizil toifadagi yoshlar kesimida ham izchil davom etmoqda.

Bugun, 19-iyul kuni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Birinchi prorektor Sanjar Davletov va bir guruh masʼullar bilan Shovot tumani “Qunduz” MFY da istiqomat qiluvchi Sirojbek To'yliyev hamda Murodbek Qoraqulovlarning xonadonlarida boʻldi. 

Tashrif chog'ida rektor yoshlar bilan samimiy suhbat qurib, ularni qiynayotgan muammolari, qiziqishlari haqida so'radi. Ijtimoiy ahvolini oʻrgandi. Mavsumiy ishlar bilan band bo'lgan bu yoshlarni bo'sh vaqtlarida ham qo'shimcha daromad topishlariga ko'maklashish maqsadida ularga qishloq xo'jaligi uchun bo'lgan zarur moslamalar taqdim etildi.

urdu.uz, Rektor yoshlar xonadonida

urdu.uz, Rektor yoshlar xonadonida

urdu.uz, Rektor yoshlar xonadonida

urdu.uz, Rektor yoshlar xonadonida

urdu.uz, Rektor yoshlar xonadonida

Ulashish