Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan turizm va madaniy meros obyektlarining 12 ta chet tillaridagi kontentlari ishlab chiqildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-sonli qarorining 5n-ilovasi bilan “Xorazm viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha 2023-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlangan.

Chora-tadbirlar rejasining 6-bandida Xiva va Bogʻot tumanlarida turistlarni jalb qilish uchun yangi kontentlarni yaratish va ularni 12 ta chet tillariga tarjima qilgan holda tarqatma materiallarini tayyorlab, targʻibot qilish choralarini koʻrish topshirig‘i berilgan.

Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan viloyatda bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, turizm salohiyati yuqori bo‘lgan, lekin bugungi kunda lozim darajada foydalanilmayotgan Xiva va Bog‘ot tumanlarida turistik imkoniyatlarni o‘rganish maqsadida salmoqli ishlar olib borildi.

Xususan, Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi, viloyat madaniy meros boshqarmasi, hamda Xiva va Bog‘ot tumanlari hokimliklari mutaxassislari ishtirokida ushbu hududlardagi turizm yo‘nalishidagi obyektlar o‘rganilib, ushbu tumanlarga turistlarni jalb qilish salmogʻini oshirish maqsadida yangi kontentlar ishlab chiqildi va ular
12 ta chet tillariga tarjima qilindi.

Xiva tumani
1 Fransuz tili Ko'rish
2 Ispan tili Ko'rish
3 Qirg'iz tili Ko'rish
4 Xitoy tili Ko'rish
5 Yapon tili Ko'rish
6 Ingliz tili Ko'rish
7 Italiyan tili Ko'rish
8 Koreys tili Ko'rish
9 Qozoq tili Ko'rish
10 Nemis tili Ko'rish
11 Rus tili Ko'rish
12 Turk tili Ko'rish
13 O'zbek tili Ko'rish
Bog'ot tumani
1 Fransuz tili Ko'rish
2 Ispan tili Ko'rish
3 Qirg'iz tili Ko'rish
4 Xitoy tili Ko'rish
5 Yapon tili Ko'rish
6 Ingliz tili Ko'rish
7 Italiyan tili Ko'rish
8 Koreys tili Ko'rish
9 Qozoq tili Ko'rish
10 Nemis tili Ko'rish
11 Rus tili Ko'rish
12 Turk tili Ko'rish
13 O'zbek tili Ko'rish

Ulashish