Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida ijodiy imtihonlar davom etmoqda


Bugun, 31-iyul kuni abituriyentlar Cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari (rubob prima, qashqar va afg‘on rubobi) (kunduzgi), Sport faoliyati: (xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha) (kunduzgi), Sport faoliyati: kurash (kunduzgi) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sinovlarda ishtirok etmoqda. Reja-grafikka muvofiq 118 nafar abituriyent sinovlarda ishtirok etishi kutilmoqda.

Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, abituriyent va ularning ota-onalariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida jarayonlar universitetning camera.urdu.uz/ platformasi orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi  farzandlariga ruhiy dalda bo‘lish istagida ular bilan hamroh bo‘lib kelgan ota-onalar ham hayajonda. Ota-onlar uchun salqin ichimliklar hamda maxsus shinam va salqin kutish joylari tashkil qilingan. 

Universitet Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tayotgan imtihon jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri monitor orqali kuzatib o‘tirgan ota-onalar bilan sotsiolog-psixologlar tomonidan soʼrovnomalar oʼtkazish, ularning fikr-mulohazalari, takliflarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, UrDU “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan imtihonlar davrida turli korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari bilan “Korrupsiyasiz ijodiy imtihon” mavzusidagi targ‘ibot tadbirlari ham muntazam olib borilmoqda.

urdu.uz, Urganch davlat universitetida ijodiy imtihonlar davom etmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universitetida ijodiy imtihonlar davom etmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universitetida ijodiy imtihonlar davom etmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universitetida ijodiy imtihonlar davom etmoqda

urdu.uz, Urganch davlat universitetida ijodiy imtihonlar davom etmoqda

Ulashish