Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Novosibirsk davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda

Bugun,17-avgust kuni Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk davlat universiteti professori, f-m.f.d. Voytishek Anton Vatslavovich Urganch davlat universitetining taklifiga binoan, universitetga tashrif buyurdi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad Fizika-matematika fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashish va kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdan iborat.

     Mehmonni UrDU rektori Baxrom Abdullayev kutib olib, tomonlar oʻrtasida rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Dastlab Urganch davlat universitetining Rossiya oliygohlari bilan, xususan, Novosibirsk davlat universiteti bilan bugungi kunga qadar hamkorlik aloqalari tahlil qilindi. Shundan soʻng, ushbu hamkorlik aloqalarni yanada rivojlantirish, fizika, matematika sohasida oʻzaro hamkorlik oʻrnatish, ilmiy  hamkorlik qilish borasida takliflar muhokama qilinib, hamkorlikka kelishib olindi.  

urdu.uz, Novosibirsk davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda

Ulashish