Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Talabalik muborak boʻlsin, aziz о‘g‘il-qizlarim!


Porloq kelajak sari yillar davomida ildam qadam bosib, kun-u tun bilim toʻplab, endilikda mehnatlari samarasini dildan his qilib, baxtiyorlikni totayotgan,  talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan, aziz o‘g‘il-qizlarim!

Mana, nihoyat siz orziqib kutgan damlar ham yetib keldi. Bugun sizdan baxtliroq inson yо‘qligi, shubhasiz. Ota-onangizning quvonchi cheksiz. Ular uchun farzandining kamolini kо‘rishdan ortiq baxt yо‘q. Siz Urganch davlat universiteti talabasi bо‘lish sharafiga muvofiq bо‘ldingiz. Sizni ushbu muvaffaqiyat bilan butun universitetimiz jamoasi nomidan qizgʻin muborakbod etaman.

Albatta, talabalik – bu, ulkan yutuq bо‘lish bilan birga yuksak mas’uliyat ham demakdir. Davlatimiz rahbari hurmatli Shavkat Mirziyoyev sizlarni yetuk mutaxassis bо‘lib yetishishingiz, kelajakda mamlakatimiz taraqqiyoti yо‘lida о‘z hissangizni qо‘shishingiz uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Zero, iqtidorli yoshlar - buyuk kelajak kafolatidir. Shunga binoan, sizdan talabalik yillarini samarasiz о‘tkazmasdan, о‘z ustingizda tinmay izlanishingiz talab etiladi. Biz, universitet pedagog-о‘qituvchilari jamoasi, о‘z navbatida, siz har tomonlama ma’nan va jismonan barkamol bо‘lishingiz, chuqur bilimlarni egallashingiz va yetuk mutaxassis bо‘lishingiz uchun bor kuch-g‘ayratimizni ayamaymiz.

Tо‘rt yil davomida sizga sohaning yetuk olimlari va mutaxassislari dars beradilar. Universitetimiz xorijiy universitetlar bilan yaqindan aloqa qiladi. Xorijdan doimiy ravishda taniqli olimlar dars berishga jalb qilinadi. Bor imkoniyatlardan unumli foydalanib, diqqat-e’tiboringizni ilm olishga qaratasiz, deb ishonch bildiraman.

Sizlarga bu yо‘lda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolaman! Barchangizni davlatimiz mustaqilligining 32 yilligi va yangi о‘quv yilining boshlanishi bilan chin dildan tabriklayman!

Baxrom Abdullayev,
Urganch davlat universiteti rektori

Ulashish