Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi


2023-yil 13-sentabr kuni Urganch davlat universitetida «Darital Shoes» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, "Shuhrat" medali sohibi Gavxarjan Djumanova va “Eko company” ilmiy ishlab-chiqarish MCHJ rahbari Sh.Avezov bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, universitetning barcha fakultetlaridan tadbirkorlikka qiziqishi baland talabalar ishtirok etdilar. 

Uchrashuvda tadbirkor oʻzining hayot yoʻli, tadbirkorlik sohasiga kirib kelishi, faoliyati davomida boshdan kechirgan qiyinchiliklari, duch kelgan muammolari, sohaga oid bilimlar hamda tajribadan oʻtgan metodikalar haqida talaba-yoshlarga maʼlumot berdi. 

Tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan yoshlarga o‘z maslahatlarini berar ekan, bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlar uchun barcha sharoit mujassamligi, tadbirkorlarning huquqlari qonun bilan kafolatlanib, ularning faoliyati davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganligini ta’kidladi.

Samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan ushbu erkin muloqot talabalar uchun o‘ziga xos mahorat darsi bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida tadbirkor talabalarga oʻz korxonasida mavjud boʻsh oʻrinlarda ishlash imkoniyatini taklif etdi. Hamisha yoshlarni gʻoya va tashabusslarini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

urdu.uz, Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

urdu.uz, Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

urdu.uz, Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

urdu.uz, Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

Ulashish