Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Yangi 600 oʻrinli TTJ qurilishi boshlandi


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2023-yil 14-sentabr sanasidan Urganch davlat universitetining Urganch tumani “Mustaqillik” koʻchasida joylashgan hududida yangi talabalar turar joyining qurilish ishlari boshlandi.

UrDU rektori Baxrom Abdullayev hamda uzoq yillardan buyon universitetda faoliyat yuritib, hurmat-extirom qozongan yoshi ulug' professor-o'qituvchilar qo'llarini duoga ochib, yangi TTJ binosi mustahkam bo'lishini so'radilar, quruvchilarga bu borada kuch-quvvat tiladilar hamda ilk tamal toshini qo'ydilar.

Ushbu talabalar turar joyi 7 qavatdan iborat boʻlib, 600 oʻringa moʻljallab barpo etiladi. Unda Maʼnaviyat xonasi, kompyuter va sport anjomlari xonalari, kutubxona,  nogironlar uchun alohida xonalar, yashash xonalari va boshqa zaruriy xonalar boʻlishi rejalashtirilgan.

urdu.uz, Yangi 600 oʻrinli TTJ qurilishi boshlandi

urdu.uz, Yangi 600 oʻrinli TTJ qurilishi boshlandi

urdu.uz, Yangi 600 oʻrinli TTJ qurilishi boshlandi

urdu.uz, Yangi 600 oʻrinli TTJ qurilishi boshlandi

Ulashish