Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Talabalar uchun sport maydonchalari barpo etilmoqda


Urganch davlat universiteti talaba-yoshlarining sport  bilan shug‘ullanishlarini qo‘llab-quvvatlash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, bu borada oliygohda zarur sharoitlar yaratish maqsadida Urganch tumani “Mustaqillik” ko‘chasida joylashgan Kimyo-texnologiya fakulteti hududida 7-son talabalar turar joyi binosi yonida kichik sport maydonchalarining qurilish ishlari olib borilmoqda.  

Hozirda ushbu hududda Mini-futbol, Basketbol, Voleybol, Badminton, Gandbol hamda ochiq turdagi gimnastika maydonchalarining qurilish ishlari yakuniga yetmoqda.

14-sentabr kuni UrDU rektori B.Abdullayev quruvchilar va bir guruh masʼullar hamrohligida qurilish-taʼmirlash ishlarini borib koʻrdi. 

urdu.uz, Talabalar uchun sport maydonchalari barpo etilmoqda

urdu.uz, Talabalar uchun sport maydonchalari barpo etilmoqda

urdu.uz, Talabalar uchun sport maydonchalari barpo etilmoqda

urdu.uz, Talabalar uchun sport maydonchalari barpo etilmoqda

Ulashish