Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Bilimdon qizlar” viktorinasi


Bugun Urganch davlat universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi, "Qizlarjon” va "Zakovat" klublari tashabbusi bilan "XXI asr ayoli" festivali doirasida "Ilmli ayol-jamiyat ko'zgusi" shiori ostida "Bilimdon qizlar" viktorinasining universitet bosqichi bo'lib o'tdi. 

Unda barcha fakultetlaridan zukko va ilmga chanqoq talaba qizlar jamoalari qatnashdi. Viktorina savollari "Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim  qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida" gi  Qonuni yuzasidan boʻldi.

Natijalarga koʻra:
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti 1-oʻrin;
Texnika fakulteti 2-oʻrin;
Xorijiy filologiya fakulteti  3-oʻrin;

Gʻolib jamoalar orasidan eng zukko qizlar saralab olinib, viktorinaning viloyat bosqichida ishtirok etadilar.

urdu.uz, “Bilimdon qizlar” viktorinasi

urdu.uz, “Bilimdon qizlar” viktorinasi

urdu.uz, “Bilimdon qizlar” viktorinasi

urdu.uz, “Bilimdon qizlar” viktorinasi

Ulashish