Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Yoshlarga eʼtibor


Bugungi kunda yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoitlar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash eng dolzarb masalaga aylanmoqda. Ushbu xayrli ishlar Urganch davlat universitetida ham izchil davom etmoqda.

Bugun, 20-sentabr kuni rektor B.Abdullayev, Respublika ishchi guruh vakili, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktor o'rinbosari F.Farhodov va bir guruh masʼullar Shovot tumanida yashovchi yoshlarning xonadonlarida boʻldilar.

Jumladan, tumanning “Yangi yoʻl” mahallasida yashovchi nogironligi boʻlgan yoshlardan Y.Rajabov,  F.Husainov va Z.Roʻzmetovalarning holidan xabar oldilar. Yoshlar va ularning oila aʼzolari bilan suhbat qurib, ularni qiynayotgan muammolari haqida so'radilar. Ijtimoiy ahvolini oʻrganib, Y.Rajabov va F.Husainovga  oziq-ovqat mahsulotlari, Z.Roʻzmetovaga esa tikuv mashinasi taqdim etildi.

urdu.uz, Yoshlarga eʼtibor

urdu.uz, Yoshlarga eʼtibor

urdu.uz, Yoshlarga eʼtibor

Ulashish