Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya kafedrasi dotsenti Ismayilova Intizar tomonidan Xiva shaxar 56-son maktab-internetida “Qon aylanish organlari ishining boshkarilishi” mavzusida mahorat darsi


Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori Baymuratova S.K  so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirining 2019 yil 28 avgust № 15-sonli majlis bayonining 2-ilovasiga muvofiq 3 bandini ijrosini ta’minlash to'g'risida maktablar faoliyatini takomillashtirish va o‘qituvchilarga amaliy yordam ko'rsatish uchun  Xiva shaxar 56-son ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-interneti «Biologiya» kafedrasi dotsenti Ismayilova Intizar “Qon aylanish organlari ishining boshkarilishi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazganligi to‘g‘risida aytib otdi. 
So'zga maktab O‘quv ishlari buyicha direktor o‘rinbosari Xudayberganov Sh.N. chiqib, O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Davlat Ta’lim Standartlari va biologiya darslarida ko‘rsatilgan talablar asosida maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish muammolariga qaratilgan fikrlar bildirdi.
   Mahorat darsida Ismayilova Intizar umumiy o‘rta ta’lim maktablari oldiga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayonining samadorligini oshirishi, ilm-fanning so‘nggi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan barkamol shaxsni kamolga etkazishi, ularning ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish kabi  qator vazifalarni amalga oshirishi lozimligi xaqida fikrlarini bildirdi.
   Yig'ilish davomida bu masala yuzasidan maktab o‘qituvchilaridan Yakubova M., Maylieva D., Ruzmetova D.lar  suzga chikib o‘z fikr muloxazalarini bildiradi. Mazkur darslarda masala va mashqlar bilan ishlashning o‘ziga xos jihati dars davomida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarga asoslanishi fikrlarini bildirdilar. Qatnashuvchilar tomonidan qiziqtirgan savollarga javob berilib, kun tartibida qurilayotgan ushbu masala atroflicha muxokama qilindi.

Ulashish