Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Xorazm viloyati sudi sudyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Joriy yil 27-sentabr kuni Xorijiy filologiya fakulteti talabalari bilan “Jamiyatda xotin-qizlar rolini oshirish, sud-huquq tizimiga xotin-qizlarni ko‘proq jalb qilish va gender tenglik masalasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Xorazm viloyati sudi raisi o‘rinbosari U.Bekturdiyev, viloyat sudi sudyalari Z.Yaqubov, D.Murodov mehmon boʻldi. Shuningdek, UrDU Bosh yuristkonsulti Sh.Atayev, Korrupsiyaga qarshi kurashi boʻlimi boshligʻi H.Shihova va Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayevalar ishtirok etdi.

Davra suhbatida konstitutsion islohotlarda gender tenglik masalalari, Birlashgan millatlar tashkilotining inson huquqlari bo‘yicha xalqaro normalarning mazmun-mohiyati, jamiyatda ayol yuristlarning roli, xotin-qizlarni sud tizimida ishlash imkoniyatlari to‘g‘risida maʼruzalar qilindi.

urdu.uz,  Xorazm viloyati sudi sudyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

urdu.uz,  Xorazm viloyati sudi sudyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

urdu.uz,  Xorazm viloyati sudi sudyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ulashish