Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Milliy liboslar – millat koʻzgusi” mavzusida anjuman boʻlib oʻtdi


Yurtimiz boʻylab keng nishonlanayotgan "Xon atlas" festivali Urganch davlat universiteti ham yuqori kayfiyatda nishonlanmoqda. 

Bugun festival doirasida “Milliy liboslar – millat koʻzgusi” mavzusida anjuman boʻlib oʻtdi. Unda Bosh vazir o’rinbosari  Zulayho Mahkamova, senator Farogʻat Saʼdullayeva, Viloyat hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Nigora Kutlimuratova, shoira Sayyora Samandarovalar mehmon boʻldi. Universitetimizning  ayol professor-o’qituvchilar va talaba-qizlari milliyligimizni o’zida aks etgan atlas, adras liboslarida ishtirok etdilar.

Anjumanni UrDU rektori Baxrom Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berib, milliy qadriyatlarimizni oʻzida mujassam etgan ushbu festival bilan barchani samimiy qutladi.

Anjumanda azaliy qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etgan ushbu go‘zal matolar milliy boyligimiz sanalishi, unda xalqimizning shonli o‘tmishi, qadimiy an’analari va o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligi, bugun milliy matolarimiz butun dunyoda oʻz muxlislariga egaligi, undagi yorqin ranglar va takrorlanmas naqshlar kishiga xush kayfiyat bag‘ishlashi eʼtirof etildi.

Darhaqiqat, milliy liboslar xalqning qiyofasini koʻrsatuvchi muhim omil hisoblanadi. Dunyo xalqlari ajdodlaridan meros boʻlib qolgan milliy koʻrinish, milliylikni asrash, anʼanalarni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratadi. Xalqimizning ming asrlik oʻtmishi, urf-odat va anʼanalari, estetik qarashlari, milliy qadriyatlarimiz tom maʼnoda milliy matolarimizda aks etadi.

urdu.uz,  “Milliy liboslar – millat koʻzgusi” mavzusida anjuman boʻlib oʻtdi

urdu.uz,  “Milliy liboslar – millat koʻzgusi” mavzusida anjuman boʻlib oʻtdi

urdu.uz,  “Milliy liboslar – millat koʻzgusi” mavzusida anjuman boʻlib oʻtdi

urdu.uz,  “Milliy liboslar – millat koʻzgusi” mavzusida anjuman boʻlib oʻtdi

urdu.uz,  “Milliy liboslar – millat koʻzgusi” mavzusida anjuman boʻlib oʻtdi

Ulashish