Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



"Ayollar biznesiga birinchi qadam" mavzusida tanlov boʼlib oʻtdi


Bugun, 7-oktabr kuni "XXI asr ayoli" festivali doirasida “11-oktabr-Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan "Ayollar biznesiga birinchi qadam" mavzusida tanlov boʼlib oʻtdi.

Ko'p yillik tajribaga ega tadbirkor, Urganch “Milliy tikuvchilik” oilaviy korxonasining rahbari, senator F.Saʼdullayeva, Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi Xorazm viloyat kengashi deputati, Ayollar masalalari boʻyicha rais oʻrinbosari M.Jumaniyozovalar tadbir mehmonlari boʻlishdi. Shuningdek, tadbirda universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi. Tadbirga UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni sohibasi Sh.Nurullayeva moderatorlik qildi.

Xorazm viloyati “Qizlar ovozi” klubi, O'zbekiston Liberal demokratik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi "Ayollar qanoti", Urganch davlat universitetining “Qizlarjon klubi”, Iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo'limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tanlovni UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev ochib berdi.

Shuningdek, UrDU Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil qilish boʻlimi boshligʻi S.Allazarova hamda bir guruh iqtidorli talabalar mavzu doirasida soʻzga chiqdilar.

Tanlovda oʻzlarining koʻrgazmalari bilan qatnashish uchun qator hunarmand ayollar ham ishtirok etdi. Ishbilarmon ayollar uyushmasi tomonidan tayyorlagan qoʻl ishlari, milliy va bejirim liboslar, taqinchoqlar va yumshoq oʻyinchoqlar bilan ishtirok etgan ayollar va talaba-qizlar tanlov yakunida munosib taqdirlandi.

urdu.uz, "Ayollar biznesiga birinchi qadam" mavzusida tanlov boʼlib oʻtdi

urdu.uz, "Ayollar biznesiga birinchi qadam" mavzusida tanlov boʼlib oʻtdi

urdu.uz, "Ayollar biznesiga birinchi qadam" mavzusida tanlov boʼlib oʻtdi

urdu.uz, "Ayollar biznesiga birinchi qadam" mavzusida tanlov boʼlib oʻtdi

Ulashish