Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Urganch davlat universiteti jamoasi 96-son maxsus maktab internatga tashrif buyurdilar

Inson qalbiga yoʻl mehr-muruvvat va saxovatdan boshlanadi. Ming yillar davomida shakllangan mehr-oqibat tushunchalari asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, maʼnaviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ongimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning amaliy ifodasidir. Qolaversa, begʻubor bolajonlarimiz koʻz quvonchimiz, Vatanimiz ertalaridir. 

Bugun, 24-oktabr kuni Urganch davlat universiteti rahbariyati, Yoshlar ittifoqi UrDU boshlangʻich tashkiloti yetakchilari hamda faol talaba-yoshlar  Urganch shahar Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan kar bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 96-sonli maktab internatga tashrif buyurdilar. Tashrif doirasida "Ozod va obod vatanning kelajagi – yoshlar" shiori ostida  madaniy tadbir tashkil etildi. Unda UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev soʻzga chiqib, barcha bolajonlarga ezgu tilak-istaklar bildirdi.  Iliq va samimiy suhbat, goʻzal tilaklar barobarida talabalar tomonidan chiqishlar qilindi, qiziqarli viktorina oʼyinlar oʼtkazilib, gʼoliblar munosib taqdirlandi. 

urdu.uz, Urganch davlat universiteti jamoasi 96-son maxsus maktab internatga tashrif buyurdilar

Ulashish