Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Harbiylashtirilgan taʼlim muassasasiga tashrif

Bugun Qoraqalpoqiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari B.Otemuratov, Qoraqalpoq davlat universiteti rektori A.Reymov hamda Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayevlar Jaloliddin Manguberdi harbiy akademik litseyida bo′lishdi.

Mehmonlar ushbu harbiylashtirilgan muassasaning sharoitlari bilan yaqindan tanishtirildi. Xususan, kutubxona, Jaloliddin Manguberdi muzeyi, sport zal va sport shaharchasi, saf maydon, oshxona, yotoqxona, zamonaviy kompyuter xonalarini ko′rishdi.

Oʻquvchilar bu dargohda yashashi, taʼlim va tarbiya olishi, sport bilan mashgʻul boʻlishi shu bilan birga oʻzlari yoqtirgan sohani chuqur oʻrganishi uchun barcha qulayliklar mavjud.

Ta’kidlash lozimki, ushbu taʼlim maskani va Urganch davlat universiteti oʻrtasida hamkorlik oʻrnatilgan boʻlib, taʼlim va tarbiya jarayonlarida malaka va fikr almashish, amaliy yordam koʻrsatish ishlari yoʻlga qoʻyilgan.

urdu.uz, Harbiylashtirilgan taʼlim muassasasiga tashrif

Ulashish