Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet

Rektor “Besh tashabbus olimpiadasi” Respublika final bosqichining gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashdi

Bugun Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev “Besh tashabbus olimpiadasi”ning Respublika final bosqichida munosib ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egallab qaytgan gʻolib va sovrindor talabalar bilan uchrashdi. 

Unda universitet birinchi prorektori D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov, Sport va sanʼat fakulteti professor-oʼqituvchilari, Sport klub xodimlari, barcha fakultetlardan talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda universitet rektori musobaqa sovrindorlarini va ularning murabbiylarini muborakbod etib, ulkan muvaffiqatlar tiladi. Musobaqa jarayonlarida universitet terma jamoasi 1 ta oltin va 2 ta kumush medal sohibi boʼlganliklari butun oliygohimiz nufuzi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi. Ushbu natijaga erishish zamirida tinimsiz mehnat turganligi, ustozlarning hissasi mavjudligini taʼkidladi. Shuningdek, barcha Respublika bosqichi ishtirokchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanishini bildirdi. Soʻzi yakunida Sport va sanʼat fakulteti hamda Sport klub faoliyatini alohida e'tirof etdi.

Oʻz navbatida Sport va sanʼat fakulteti dekani S.Koʻpalov hamda Sport klub rais oʻrinbosari M.Rahimovlar soʻzga chiqib, ushbu eʼtibor va qo'llab-quvvatlash uchun universitet rahbariyatiga chuqur  minnatdorchilik bildirishdi. 

urdu.uz, Rektor “Besh tashabbus olimpiadasi” Respublika final bosqichining gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashdi

Ulashish